Qashqadaryolik 206 nafar maktab bitiruvchisi oltin medalga sazovor bo‘ldi
Qarshi shahridagi Vatanparvarlar bog‘ida Qashqadaryo viloyatidagi umumta’lim maktablarini a’lo baholarga bitirgan iqtidorli yoshlarga oltin va kumush medallarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qarshi shahridagi Vatanparvarlar bog‘ida Qashqadaryo viloyatidagi umumta’lim maktablarini a’lo baholarga bitirgan iqtidorli yoshlarga oltin va kumush medallarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
–Joriy o‘quv yilida umumta’lim maktablarining 11-sinfini 32 ming 501 nafar yigit-qiz muvaffaqiyatli tugatib, mustaqil hayotga yo‘llanma oldi, - deydi viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Jo‘raev. – Ularning 206 nafari oltin, 283 nafari kumush medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, maktabni bitirgan 883 nafar o‘quvchiga a’lo darajali kasb malaka diplomi topshirildi.
Tadbirda viloyat hokimi Z.Ro‘ziev ishtirok etdi.