French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qashqadaryodagi ta’lim darajasi past maktablarda sifatni yaxshilash choralari belgilandi
09:49 / 2022-10-06

Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Qashqadaryoning ta’lim darajasi past bo‘lgan Ko‘kdala tumanidagi 66-sonli, Chiroqchi tumanidagi 40-sonli maktablar faoliyati tahlil etildi.

Vazirlik matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, uchrashuv davomida pedagoglarning sifat tarkibi, kasbiy mahorati, dars soatlarining adolatli taqsimoti o‘rganildi. Asosiy etiborni o‘quvchilarga sifatli ta’lim berish, bitiruvchilarni ma’nan yetuk shaxs sifatida kamolga yetkazishga qaratish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. 

Pedagoglar bilan muloqotda bugun ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar kelgusida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan masalalar yuzasidan suhbatlashildi. Xususan, o‘qituvchilarning jamiyatdagi mavqeini yanada oshirish, ularni moddiy va ma’naviy qullab-quvvatlash borasida rejalashtirilgan ishlar haqida fikr almashildi. 

Ta’kidlash joizki, davlatimiz rahbarining viloyatga tashrifi davomida maktablarga alohida e’tibor qaratgani natijasida birgina 2022 yilda viloyatda 88 ta maktab ta’mirlanmoqda, 690 ta maktabning mebel jihozlari yangilanmoqda. Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Chiroqchi tumanidagi 38-sonli maktabga yetkazib berilgan mebel jihozlari ko‘zdan kechirildi.  

Shu yerning o‘zida mutasaddilarga ishlab chiqarilayotgan mebellarning sifatiga alohida e’tibor qaratish zarurligi, belgilangan standart me’yorlariga amal qilishi to‘g‘risida ko‘rsatma berildi. Shuningdek, viloyat hokimligi bilan jihozlarning ishlab chiqarish va maktablarga yetkazish jarayonini qisqa muddatlarda yakunlashga kelishib olindi. 

Chiroqchi tumanidagi 40- va 38-sonli maktablarga televizor sovg‘a qilindi. 40-sonli maktab o‘qituvchisi Gavhar Bo‘ronovaga namunali farzand tarbiyasi va ularning muvaffaqiyati uchun noutbuk taqdim etildi. Ishchi guruhning viloyat maktablari faoliyatini o‘rganish ishlari davom etmoqda. 

 

O‘zA