Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qashqadaryoda yana 136 ta umumtaʼlim maktabida anʼanaviy darslar boshlandi
19:11 / 2020-09-21

Avval xabar berganimizdek, Qashqadaryo viloyatida 14-sentyabrdan eʼtiboran karantin talablariga toʻla amal qilgan holda 112 ta maktabda anʼanaviy darslar boshlangan edi.


Avval xabar berganimizdek, Qashqadaryo viloyatida 14-sentyabrdan eʼtiboran karantin talablariga toʻla amal qilgan holda 112 ta maktabda anʼanaviy darslar boshlangan edi.

Viloyat hokimi oʻrinbosari R.Yuldoshevning maʼlum qilishicha, bugungacha yana 136 ta maktab faoliyati yoʻlga qoʻyilib, anʼanaviy shaklda dars jarayonlarini boshlagan maktablar soni 248 taga yetdi.
5.jpg
6 (3).jpg

Masalan, Qarshi shahridagi 19-umumtaʼlim maktabi namunali taʼlim muassasalaridan biridir. Mazkur taʼlim dargohi 1 ming 172 oʻringa moʻljallangan boʻlib, joriy yilda 1 ming 148 nafar oʻquvchi oʻqishni davom ettirishi kerak edi. Oʻquv yili boshlanishi arafasida oʻquvchilarning ota-onalari oʻrtasida oʻtkazilgan ijtimoiy soʻrovlarga asosan 58 foiz ota-ona farzandini anʼanaviy usulda darslarni davom ettirishini bildirgan va shunga asosan ayni paytda oʻquvchilarning 48 foizi darslarni davom ettirmoqda. Ularga 82 nafar malakali oʻqituvchilar taʼlim bermoqda.

– Maktabimizda taʼlim jarayoni toʻliq karantin talablariga amal qilgan holda olib borilmoqda, – deydi maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Jongul Abdullayeva. 

3 (3).jpg
4 (2).jpg

– Har bir sinfga oraliq masofani saqlangan holda 15 nafardan oʻquvchi darsga qatnashmoqda. Maktab binosiga oʻquvchilarning kirishi uchun uchta kirish eshigi tashkil qilganmiz va ularning har biriga tibbiyot xodimlari biriktirilgan. 

Ular binoga kirayotgan har bir oʻquvchini haroratini oʻlchab, qoʻllariga antiseptik sepgan holda kirgizadi. Oʻquvchilarning zallarda karantin talablari boʻyicha harkatlanishi uchun ishora qiluvchi belgilar pollarga yopishtirilgan. Taʼlim jarayonida darslari vaqtinchalik toʻxtatilgan oʻqituvlarning barchasini ichki buyruqlar asosida mana shunday nazorat ishlariga jalb qilganmiz. Sinfxonalar muntazam ravishda dezinfeksiya qilinmoqda.