Qashqadaryoda XVI asrga oid xum topildi
O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining ishonch telefoniga Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar “Beglar” MFY Balandnavo ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro S.Rashidovadan murojaat kelib tushgan. Murojaat yuzasidan olib borilgan o‘rganishlarga ko‘ra, Balandnavo ko‘chasida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida suv quvurlari uchun kovlangan transheya yo‘lagidan XVI asrga oid xum topilgani aniqlangan.
Tagi teshik bo‘lgan ushbu xumlar ustma-ust holatda joylashgan.
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, xumlar ustma-ust joylashgan holatda “tashnob” (kanalizatsiya) vazifasini bajargan.
Xumlardan biri yaxshi saqlangan va ikkinchisi yer ostida bo‘lganligi sababli, ko‘chaning avtomobil yo‘l qismidan o‘tadigan mashinalarning og‘irligi evaziga biroz zararlangan. Shuningdek, xumlar yer sathidan 1,20 metr chuqurlikda topilgan.
O‘zA