Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qashqadaryoda ushlangan noqonuniy guruh a’zosi haqida Musulmonlar idorasi munosabat bildirdi
15:00 / 2021-11-01

«Jihodchilar» diniy ekstremistik oqimi tarafdorlaridan iborat noqonuniy guruhning 12 nafar a’zochi DXXning Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan Dehqonobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qo‘lga olingani, ular orasida imom noibi ham borligi haqida xabar berilgan edi.

 Guruhning 1969-1995 yillar oralig‘ida tug‘ilgan 12 nafar a’zosi orasida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, o‘rta maktab o‘qituvchisi, masjid imom noibi, yakka tartibdagi tadbirkor hamda mavsumiy ishchilar borligi bildirilgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasining ma’lum qilishicha, mutasaddi idoralar bilan olib borgan muloqotlar natijasida ushbu xabarda guruh a’zolari qatorida keltirilgan masjid imom noibi aslida boshqa kasb egasi ekani aniqlandi.

Yolg‘on yoki tasdiqlanmagan axborotni tarqatish tegishli javobgarlikka sabab bo‘lishi, shuningdek, Islom dini ta’limotlarida qattiq qoralangani alohida ta’kidlanadi.

Xalqimiz, ayniqsa, yoshlarni internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali din niqobidagi shaxslarni jihod, hijrat tushunchalarini o‘zlarining botil da’volariga moslab talqin etayotgan da’vatlardan ogoh bo‘lishga chaqiramiz», deyiladi O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabarida.

 

 O‘zA