Mamlakatimiz sportini yuksaltirishda Qashqalaryo viloyati sportchilarining, sport jamoalarining alohida o‘rni bor.
Xususan, “Nasaf” futbol jamoasining Osiyo chempionlar ligasidagi ishtiroki, og‘ir atletika, dzyudo, kurash, boks kabi qator sport turlarida viloyat sportchilarining erishayotgan natijalari e’tiborga molikdir.

O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri o‘rinbosari Sh. Mahmudov qashqadaryolik sportchilar, murabbiylar va soha mutaxassislari ishtirokida o‘tkazgan sayyor qabulda shu haqda so‘z bordi.

Muloqotda ommaviy va professional sportni rivojlantirish bo‘yicha 2023 yilgi natijalar, 2024 yil uchun istiqbolli rejalar muhokama qilinib, sohada mavjud muammo va kamchiliklarni o‘rganish hamda bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlari belgilandi.

Sayyor qabul ishtirokchilari tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar inobatga olingan holda Qashqadaryo viloyati imkoniyatlaridan kelib chiqib amaliyotga tatbiq qilinadigan zarur vazifalar belgilandi. Viloyat sportining istiqboliga ishonch bildirildi.
T. Ro‘ziyev,O‘zA muxbiri