English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qashqadaryoda soliq tizimida ilk bor ayollar rahbar lavozimiga tayinlandi 
15:21 / 2022-03-14

Niyozova Sug‘diyona Mehmonovna Koson tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

S.Niyozova bundan oldin Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi Inson resurslarini rivojlantirish bo‘limi davlat soliq katta inspektori lavozimida ishlab kelgan.  U Soliq xizmatining I darajali inspektori.

* * *

Shoto‘rayeva Maftuna Elto‘rayevna Qarshi shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 
Shoto‘rayeva Maftuna Elto‘rayevna 1991yilda Surxondaryo viloyati Angor tumanida tug‘ilgan. U 2013 yilda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan. 

M.Shoto‘rayeva bundan oldin Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi Soliq nazorati bo‘limi Kameral soliq tekshiruvlari sho‘basi davlat soliq katta inspektori lavozimida ishlab kelgan.  U soliq xizmatining II darajali inspektori.  

O‘zA