Keyingi vaqtlarda kambag‘allikni qisqartirish yo‘llaridan biri, ya’ni qishloq aholisi daromadlarini ko‘paytirish uchun qishloq xo‘jaligida hosildorlik va samaradorlikni keskin oshirish ekani ko‘p aytilmoqda.
Bunda har gektar yerdan olinadigan daromadni hozirgi o‘rtacha 2 ming dollardan kamida 5 ming dollargacha yetkazish yer sohiblarining ustuvor vazifalardan biriga aylandi. Shu bois qishloq xo‘jaligiga eng ilg‘or texnologiyalar, suvni tejaydigan va biotexnologiyalarni, urug‘chilik, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi yutuqlarni keng joriy etish choralari ko‘rilmoqda.
Albatta, bu borada fermer xo‘jaliklarining eksport salohiyatini yuksaltirish, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish va uni xorij bozoriga chiqarish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar sirasiga mahorat darslari o‘tish, tajriba almashish kabi vazifalar ham kiritilgan.
Ana shunday mahorat darslaridan biri "Quva tomorqa yer uchastkalarini rivojlantirish ilmiy-amaliy markazi" da bo‘lib o‘tdi. Unda Qashqadaryo viloyatining Qamashi, Yakkabog‘, Mirishkor, Chiroqchi, Shahrisabz, Nishon tumanlarida faoliyat yuritayotgan sektor rahbarlari, “Tomorqa xizmati” MCHJlar vakillari va bir qator fermerlar ishtirok etdi.
O‘zA