Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qashqadaryoda Prezident sovg‘alari tarqatildi (+video)
12:19 / 2025-12-26

Avval xabar berganimizdek, Qashqadaryo viloyatiga yetib kelgan Prezident sovg‘alari Yangi yil bayrami arafasida bolajonlarga tarqatildi.

Sovg‘alarni o‘z egalariga yetkazish Qarshi shahrida joylashgan “Imkon” reabilitatsiya markaziga ega davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanayotgan bolalarga topshirishdan boshlandi. Tadbir davomida bog‘chada tarbiyalanayotgan bolajonlarga 150 dona Prezident sovg‘asi tarqatildi. Viloyat rahbari Murotjon Azimov ham ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga sherik bo‘ldi. 

[gallery-26917]

Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 24 turdagi o‘quv qurollari va 34 xil shirinlik mahsulotlaridan iborat 1 ming 99 dona Prezident sovg‘alari “Muruvvat” va kichik hajmli bolalar uylari, oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilari, shuningdek, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, vasiylik, homiylik va patronat asosida tarbiyalanayotgan bolalarga taqdim etiladi. Shu bilan birga, yurtimiz tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining farzandlari ham ushbu sovg‘alar bilan ta’minlanadi.

Prezident sovg‘alari va “Prezident archasi” tadbirlari bolajonlar uchun bayramona kayfiyat yaratish, ularni qo‘llab-quvvatlash va e’tibor bilan qamrab olishga xizmat qilmoqda.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Kxx2RghlBOw" title="Qashqadaryoda Prezident sovg‘alari tarqatildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat, video), O‘zA muxbirlari