Qashqadaryoda o‘tkazilayotgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar doirasida "101 reys" filmi namoyish etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Qashqadaryo viloyatining barcha hududlarida san’at va madaniyat sohasining turli jabhalari vakillari, xususan, taniqli kinoijodkorlar ishtirokida madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar, muloqotlar, suhbatlar hamda filmlar namoyishi bo‘lib o‘tmoqda.
Kuni kecha viloyatda agentlik buyurtmasiga binoan suratga olingan "101 reys" badiiy filmining namoyishi o‘tkazildi. Unda Prezident maslahatchisining o‘rinbosari Nodir Jonuzoq, G‘uzor tumani hokimi Begzod Suyunov, agentlik bosh direktorining matbuot kotibi Barno O‘ngboyeva va kinoijodkorlar ishtirok etdi.
“101 reys” filmida 2001 yil mash’um terakt tufayli Toshkent-Nyu-York yo‘nalishida parvoz qilgan “O‘zbekiston havo yo‘llari” samolyoti ekipaj a’zolarining jasorati to‘g‘risida hikoya qilinadi.
Ssenariy muallifi va rejissyor Akrom Shohnazarov, postanovkachi operator Dilmurod Turdiboyev, rassom Alisher To‘laboyev.
Kinematografiya agentligi Axborot xizmati
O‘zA.