Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qashqadaryoda og‘ir bemorlarga jarrohlik amaliyoti uchun vaucherlar topshirilmoqda
12:56 / 2026-03-05

Prezidentimiz tashabbusi bilan bu yil ehtiyojmand oilalardagi og‘ir bemorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida jarrohlik amaliyotlarini tashkil etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Ayni paytda Qashqadaryo viloyatida muborak Ramazon oyi munosabati bilan og‘ir ahvoldagi, jarrohlik amaliyotlariga muhtoj bemorlarga vaucherlar topshirish hamda ularni tibbiyot muassasalariga joylashtirish ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, Qarshi shahrining Buyuk Turon mahallasida yashovchi 56 yoshli Klara Orifovaga ham davlat tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Unga “infeksion-allergik miokarditning og‘ir kechishi” tashxisi qo‘yilib, davolanish uchun Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markaziga yotqizildi.

Shuningdek, 13 yoshli Azizbek Sa’dullayevga ham davolanish uchun vaucher ajratildi. U Qashqadaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining LOR bo‘limiga yotqizildi. Shifokorlar tomonidan unga “adenoidlar vegetatsiyasi 2-3 daraja, vazomotor rinit” tashxisi qo‘yilib, jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi belgilandi.

Ta’kidlash joizki, Ramazon oyida amalga oshirilayotgan mazkur xayrli tashabbus ehtiyojmand bemorlarni qo‘llab-quvvatlash, aholi salomatligini muhofaza qilish hamda jamiyatda mehr-saxovat va inson qadrini ulug‘lash tamoyillarini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri