Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qashqadaryoda lola va kabob sayli bo‘lib o‘tadi
14:27 / 2020-01-27

Joriy yil 10-12 aprel kunlari Qashqadaryoda “Lola va kabob sayli” sayli bo‘lib o‘tadi.


Joriy yil 10-12 aprel kunlari Qashqadaryoda “Lola va kabob sayli” sayli bo‘lib o‘tadi.

Ma’lum qilinishicha, sayl viloyatning G‘uzor tumanidagi adirliklarda tashkil etilib, undan ko‘zlangan asosiy maqsad vohada gastronomik turizmni rivojlantirish va Qashqadaryoning eng mashhur taomi – tandir go‘shtini mahalliy va chet ellik sayyohlar o‘rtasida yanada ommalashtirishdan iborat.

O‘zbekiston gastronomik turizm assotsiatsiyasi raisi Gulnoza Odilovaning aytishicha, “Lola va kabob sayli”ni Qashqadaryoda lolaqizg‘aldoqlar ochilgan vaqtda, bevosita lolazorda uch kunlik festival tarzida o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, joriy yil bahor faslida Qashqadaryo viloyatida milliy liboslar xalqaro festivali, ot sporti bo‘yicha nufuzli musobaqa hamda kashtachilik buyumlari respublika ko‘rgazma savdosi kabi sport va ko‘ngilochar tadbirlar ham o‘tkazilishi ham belgilangan.