Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qashqadaryoda kitobxon uy bekalari aniqlandi
16:31 / 2025-03-05

Kitob sevuvchi ayollar jamiyatni yuksaltiradi, o‘z oilasiga ilm va nur ulashadi. Agar ona ko‘p kitob o‘qisa, undan tug‘ilajak farzandlar ham o‘qimishli bo‘ladi va u bola kun kelib, jamiyat rivojiga munosib hissa qo‘shadi.

Qashqadaryoda uy bekalari o‘rtasida tashkil qilinayotgan “Kitobxon uy bekasi” tanlovi ham mana shunday ezgu maqsadlarga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘lmoqda. 

Ushbu tanlovning viloyat bosqichida uning quyi bosqichlarida g‘olib bo‘lgan, kitobga oshufta, zukko va fidoyi 16 nafar xotin-qiz o‘z bilimlarini namoyish etdi. G‘oliblik uchun haqiqiy intellektual bahs kechdi.

Ishtirokchilar Alisher Navoiyning “Mahbub ul qulub”, Cho‘lponning “Kecha va kunduz”, Nazar Eshonqulning “Urush odamlari”, Chingiz Aytmatovning “Sohil yoqalab chopayotgan olapar”, Mopassanning “Azizim” kabi badiiy asarlari bo‘yicha sinovdan o‘tkazildi. 

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘rin Koson tumani vakilasi Muxlisa Haqnazarovaga, 2-o‘rin Qarshi shahri vakilasi Gulmira Gadoyevaga, 3-o‘rin esa G‘uzor tumani vakilasi Gulasal Xushvaqtovaga nasib etdi. 

Bu ayollar nafaqat uy bekasi, balki oilasining ilm-ma’rifat ustuni ekanini yana bir bor isbotladi.

G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri