French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qashqadaryoda jurnalistlar uyushmasining hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
10:52 / 2026-03-03

Qashqadaryo viloyatida O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limining hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda uyushmaning Qashqadaryo viloyati bo‘limi tomonidan 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tinglandi. Shuningdek, tashkiliy masalalar muhokama qilinib, viloyat bo‘limining sobiq raisi Galovuddin Yuldoshev pensiyaga tantanali kuzatildi va o‘rniga yangi rais saylandi hamda Boshqaruv a’zolari tarkibi tasdiqlandi.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, uyushmaning Qashqadaryo viloyati bo‘limi rahbarligiga Akbar Rahmonov saylandi.

Ma’lumki, Akbar Rahmonov 1979-yil Chiroqchi tumanida tug‘ilgan. U 2022-yildan buyon “Yangi O‘zbekiston” gazetasining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha o‘z muxbiri sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Hisobot yig‘ilishida uyushma raisi Xolmurod Salimov ishtirok etdi.

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri