Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qashqadaryoda ipakchilik kompleksi quriladi
14:30 / 2024-01-22

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasida qo‘mita raisi Iqboljon Ergashev, “O’zbekipaksanoat” uyushmasi raisi Olimjon Jumayev va Xitoyning Chunsin shahridagi “Chongqing Sunfeel Intelligent Technology Co., Ltd” kompaniyasi ta’sischisi Chj. Yunchjun bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Qashqadaryoda ipakchilik kompleksi tashkil qilish loyihasi muhokama qilindi.

Tadbirda qayd etilganidek, Qashqadaryoda quriladigan ipakchilik kompleksi loyihasi ikki bosqichda amalga oshiriladi.    

Xususan, joriy yilda 500 gektarda yomg‘irlatib sug‘orish hisobiga tut plantatsiyalari yaratiladi va yiliga ming tonna ho‘l pillani quritish hamda qayta ishlash maqsad qilingan.  Pilladan mato va tayyor mahsulot, jumladan,  kiyim-kechak, gazlama va boshqa shunga o‘xshash ishlab chiqarish kompleksi qurilishi rejalashtirilmoqda.  

Gulnoza Boboyeva, O‘zA