French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qashqadaryoda “Inson kapitali va sun’iy intellekt” ilmiy maktabi faoliyat boshladi
19:58 / 2024-09-26

Bu haqda Qashqadaryo viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda axborot texnologiyalarini rivojlantirish, soha va tarmoqlar faoliyatiga raqamli texnologiyalarni joriy etish, “aqlli dasturlar”ning qo‘llanish sohasini kengaytirish bo‘yicha davlatimiz rahbari hamda hukumatimiz tomonidan qator huquqiy hujjatlar qabul qilindi va ijro etilmoqda.

Chiroqchi tumanidagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi huzurida Toshkent shahridagi Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti rektori, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi, professor Qalandar Abdurahmonov nomidagi “Inson kapitali va sun’iy intellekt” ilmiy maktabining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat hokimi Murotjon Azimov, Qalandar Abdurahmonovning sinfdoshlari va shogirdlari, tuman sektor rahbarlari, professor, akademiklar, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.  

Tadbir ishtirokchilari ilmiy maktab faoliyati va u yerda yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.

“Maktab - oliy ta’lim – akademiya” integratsiyasi asosida tashkil etilgan ilmiy maktab muzeyida akademik Q.Abdurahmonovning hayot yo‘lini aks ettiruvchi fotosuratlar, akademik yoshligi bilan bog‘langan tarixiy buyumlar, qo‘lyozmalar, ilmiy asarlar jamlangan.

Shuningdek, maktab oʻquvchilarning IT sohasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida so‘nggi rusumdagi zamonaviy kompyuter jamlanmalari bilan ta’minlangan.

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri