Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qashqadaryoda ikki paxta to‘qimachilik klasteri tomonidan asossiz ravishda 3 milliard so‘mdan ortiq daromad olingan
13:27 / 2024-09-06

Ular jami 8 ming 310 tonna mahsulotni birja savdolariga chiqarmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotgan. Shuningdek...

Raqobat qo‘mitasi tomonidan yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotlarni birja savdolari orqali sotuvchi klasterlar faoliyati ustidan nazorat o‘rnatilib, kunlik va oylik monitoring kuzatuvlari olib borilmoqda. Bu bilan birja savdolarida narxlarni sun’iy oshirishning oldini olish maqsad qilingan. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida, “Chiroqchi-Klaster” MCHJ va “Kitob Ip Yigiruv” AJ tomonidan quyidagi qonunbuzarliklar aniqlangan:

— jami 8 ming 310 tonna mahsulotni birja savdolariga chiqarmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotish;

— belgilangan jadvallarga muvofiq mahsulotni birjaga o‘z vaqtida qo‘ymaslik yoki keragidan kam hajmda qo‘yish;

— mahsulotlar bo‘yicha jadvallarni o‘z vaqtida birjaning rasmiy veb-saytiga joylashtirmaslik;

— birja savdolarida raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlarni amalga oshirish.

"Olib borilgan tekshiruvlar natijasida ushbu ikki klaster korxonasi jami 3,2 milliard so‘mlik asossiz daromad olgani aniqlandi", — deyiladi xabarda.

Mazkur holatlar O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 18 martdagi 170-sonli qaroriga ziddir. Shunga ko‘ra, Qo‘mita tomonidan qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan klasterlarga nisbatan ish qo‘zg‘atilgan. Qonunbuzarliklarni bartaraf etish va ortiqcha olingan mablag‘larni ixtiyoriy ravishda qaytarish bo‘yicha majburiy ko‘rsatmalar berilgan.

O‘zA