Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qashqadaryoda ijtimoiy sohani yaxshilash vazifasi qo‘yildi
18:35 / 2022-10-25

Prezidentimiz videoselektor yig‘ilishida mutasaddilarga Qashqadaryoda ijtimoiy sohani yaxshilash maqsadida:

– 13 ta bog‘chani qayta qurish hamda 14 ta mahallada yangi bog‘cha qurish loyihasini 2023 yil investitsiya dasturiga kiritish;

– yil yakuniga qadar 189 ta oilaviy bog‘cha tashkil etishga 4,5 milliard so‘m, 2023 yilda 380 ta bog‘cha tashkil etishga 52 milliard so‘m subsidiya ajratish;

– bir oy muddatda “Ona va bola tibbiyot markazi”ni jihozlash bo‘yicha loyihani tayyorlash;

– kelgusi ikki yilda Qarshi va Shahrisabz shaharlari, Koson, Nishon va Chiroqchida qo‘shimcha 550 o‘rinli tug‘ruq komplekslarini tashkil etish;

– yil yakuniga qadar zamonaviy tibbiy uskunalar xaridi uchun 2 milliard so‘m ajratib, 21 turdagi yuqori texnologik amaliyotlarni yo‘lga qo‘yish;

– yil yakuniga qadar Kitob va Qarshi tumanlarida “Yangi O‘zbekiston” massivlarini tashkil etish bo‘yicha taklif kiritish;

– bir oy muddatda 48 ta maktabni tanlab olib, kelgusi o‘quv yilidan Finlyandiya ta’lim tizimini joriy etish topshirildi.

O‘zA