Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qashqadaryoda hokim yordamchisi imtiyozli kredit mablag‘ini talon-toroj qilgan
13:48 / 2023-02-24

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida 2022 yilda oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida ajratilgan imtiyozli kredit mabdag‘lari hisobidan ta’minotchilarga o‘tkazilgan ayrim holatlarda kreditlar maqsadsiz ishlatilgani aniqlangan.

Agentlik matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Shahrisabz tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasida tumandagi mahallada hokim yordamchisi lavozimida ishlayotgan A.T. “B.S.B” MCHJni tashkil qilib, unga ta’sischilik va rahbarlik qilayotgani aniqlangan. 

U tijorat bankining Shahrisabz filiali mansabdor shaxslari bilan jinoiy til biriktirgan holda hujjatlarni soxtalashtirib, 162 million so‘m kredit mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan. Shuningdek, A.T. 114 million so‘m soliq va yig‘imlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlagan.  

Mazkur holat bo‘yicha hokim yordamchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Shuningdek, tijorat bankining Shahrisabz filiali mansabdor shaxslariga nisbatan ham 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bandi va 228-moddasi 2-qismi “b” bandi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.  

 

O‘zA