Qashqadaryoda g‘olib velomarafonchilar aniqlandi
Qashqadaryoda o‘tkazilgan “Kamolot-tur” velomarafonining viloyat bosqichida uch yosh toifasi bo‘yicha 290 havaskor sportchi ishtirok etdi.
Qashqadaryoda o‘tkazilgan “Kamolot-tur” velomarafonining viloyat bosqichida uch yosh toifasi bo‘yicha 290 havaskor sportchi ishtirok etdi.Marafonda 9-14 yoshlilar o‘rtasida Sardor Arslonov, 15-17 yoshlilar o‘rtasida Arslon Tursunov, 18-30 yoshlilar o‘rtasida Asomiddin Boqiyev g‘oliblikni qo‘lga kiritib, musobaqaning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.
– Velosportga juda qiziqaman, – deydi Arslon Tursunov. – Musobaqaning mazkur bosqichida o‘tgan yili ham g‘olib bo‘lib, mamlakat bosqichida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edim. Bu yil ko‘rsatkichlarimni yangilashga astoydil harakat qilaman. Mamlakatimizda biz, yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Bunga javoban kelajakda taniqli sportchi bo‘lib, yurtimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tarishni maqsad qilganmiz.
G‘oliblar tashkilotchilarning diplom va sovg‘alari bilan taqdirlandi.