Chigit ekish mavsumini o‘z vaqtida boshlash hamda yuqori hosildorlikka erishish maqsadida qashqadaryolik fermerlar allaqachon ishni boshlab yuborishdi.
Kuni kecha G‘uzor tumanidagi "Xonzoda Bekzodbek" fermer xo‘jaligi dala maydoni hududida viloyat va tuman hokimligi mutasaddilari, viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi, sektor va klaster rahbarlari, fermerlar ishtirokida amaliy seminar o‘tkazildi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/VPyKDPmhMEA" title="Qashqadaryoda chigit ekish ishlari ayni avjida" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Tadbirda yig‘ilganlar chigit ekishda zamonaviy texnikalardan foydalangan holda tomchilatib sug‘orish kabi agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish hamda yetishtirilajak hosilni qisqa fursatlarda nobud qilmay yig‘ishtirib olish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdilar.
Ma’lumot o‘rnida aytish o‘rinliki, bu yil tumanda 344 ta fermer xo‘jaliklari 6000 gektar maydonga chigit ekishni rejalashtirgan.
Tadbir yakunida jonliq so‘yilib, Qur’on tilovat qilindi. Yaratgandan hosillarga baraka so‘raldi. Shundan so‘ng, dala maydonida viloyatda birinchilardan bo‘lib chigit ekish ishlari boshlab yuborildi.
O‘.Alimov tayyorladi