Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qashqadaryoda bir haftada 5 davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ish boshladi
15:03 / 2022-01-22

Chiroqchi tumanining “Dodiq” va “Chiljivut” qishloqlarida mos ravishda 120 va 90 nafar qamrovga ega 21 hamda 20-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu yerda 50 nafarga yaqin doimiy ish o‘rinlari yaratilib, ishsiz aholi bandligi ta’minlandi.

Umumiy hisobda 5 milliard so‘mga yaqin mablag‘lar evaziga to‘liq ta’mirdan chiqarilgan bog‘chalarda barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, “Ayollar daftari” va “Temir daftar”dagi oila farzandlari imtiyozli ravishda qabul qilinadi.

Shahrisabz shahridagi 3-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti 2021 yilda Investitsiya dasturi asosida 120 o‘ringa mo‘ljallab, yangidan qurildi. Tashkilotda 27 ta yangi ish o‘rni yaratilgan. Ushbu tashkilotda hududdagi kam ta’minlangan oila vakillari, “Ayollar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan oila farzandlarini qabul qilinishiga katta e’tibor qaratilmoqda.

Shahrisabz tumanidagi “Qo‘shchinor” mahalla fuqarolar yig‘inida ham yangi 39-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ish boshladi. Yangi faoliyat boshlagan maktabgacha ta’lim tashkiloti quvvati 120 o‘ringa mo‘ljallangan. Bog‘chada 4 ta guruh mavjud bo‘lib, unda hudud aholisining maktabgacha ta’lim yoshidagi 130 nafar farzandlari ta’lim tarbiya olib kelmoqda.

Shundan 7 nafari kam ta’minlangan oilalar farzandlari sirasiga kiradi. Tashkilot binosi 3 milliard 300 million so‘m Investitsiya dasturi loyihasi asosida qurilgan.

Kitob tumani “Hamid Olimjon” MFY 4-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilishi bilan hududdagi yana 140 nafar bola maktabgacha ta’limga qamrab olindi. Tashkilot Investitsiya dasturi doirasida 3 milliard 86 million 688 ming so‘m hisobiga barpo etilgan.

O‘zA