Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning qashqadaryolik saylovchilar bilan uchrashuvi davom etmoqda.
–Avvalambor, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash ham viloyatdagi eng og‘ir masalalardan biri hisoblanadi. bugungi kunda 521 ta mahallada yashaydigan 1,8 millionga yaqin aholi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanmagan.
Ayniqsa, Koson (4 foiz), Dehqonobod (6 foiz), Qamashida (14 foiz) bu ko‘rsatkich juda past. Yoki, Qarshi shahri kanalizatsiya inshootidagi tozalash uskunalarining 60 foizi yaroqsiz ahvolda. Oqibatda, oqova suv tozalanmasdan ochiq suv manbalariga chiqarib tashlanmoqda.
Bundan tashqari, viloyatdagi mavjud 14 ta kanalizatsiya nasos stansiyalarining barchasi ta’mirga muhtoj. Shu bois, kelgusi besh yilda markazlashgan toza ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi 47 foizdan 80 foizga yetkaziladi.
Bunda, 4 ming 300 kilometr ichimlik suvi va 360 kilometr kanalizatsiya tarmoqlari, 237 ta ichimlik suv va 2 ta oqova suv inshooti barpo etiladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.