English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qashqadaryoda Belarus bilan hamkorlikda investitsion loyiha
14:25 / 2025-06-04

Qashqadaryo viloyatida Belarus Respublikasi hamkorligida yo‘lga qo‘yilgan investitsion loyiha doirasida tashkil etilgan korxona faoliyati bilan bojxona organlari xodimlari tanishdi.

Tashrif doirasida mas’ullar korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari, zamonaviy texnologik jihozlar bilan ta’minlanganligi hamda investitsiya kiritish orqali yaratilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldi.

Loyiha doirasida umumiy qiymati 1,5 million AQSH dollariga teng to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb etilgan. Korxona yillik 20 ming juft poyabzal ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lib, bu orqali mahalliy ishlab chiqarish salohiyati oshishiga xizmat qilmoqda. Shuningdek, 200 nafarga yaqin doimiy ish o‘rni yaratilgani hududning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga hissa qo‘shmoqda.

Uchrashuv chog‘ida bojxona boshqarmasi mutasaddilari korxona faoliyatini yanada samarali tashkil etish maqsadida bir qator amaliy maslahatlar va tavsiyalar berdi. Xususan, eksport-import operatsiyalarini soddalashtirish, bojxona hududida qayta ishlash rejimi imkoniyatlari va mavjud imtiyozlardan samarali foydalanish masalalari muhokama etildi.

Shuningdek, kelgusida korxona ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish, mahsulot turlari va hajmini oshirish, shu orqali xalqaro bozorlarga chiqish borasida hamkorlikdagi ishlar davom ettirilishi qayd etildi.

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri