Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qashqadaryoda arxeologik yodgorliklar topildi
14:12 / 2025-08-31

O‘zbekiston milliy universiteti Tarix fakulteti huzuridagi “O‘zbekiston janubi arxeologik merosini o‘rganish” loyihasi a’zolari joriy yil 14 avgustdan buyon Qashqadaryo viloyatida tadqiqot olib borishyapti.

Akademik A.Sa’dullayev rahbarligidagi ushbu jamoa tarkibidagi mutaxassislar ikki guruhga bo‘lingan holda qidiruv ishlarini amalga oshirmoqda.

Kitob tumanidagi Oyoqchisoy havzasida arxeologik dala tadqiqoti o‘tkazayotgan birinchi guruh hududda 14 ta, Dehqonobod, Qamashi, Yakkabog‘ tumanlaridan oqib o‘tadigan Oqsuv daryosi yuqori havzasida ishlayotgan ikkinchi guruh a’zolari esa 20 dan ziyod arxeologik yodgorlikni aniqladilar. Shuningdek, muzeylarni boyitish va kelgusida ko‘rgazmalar tashkil qilish uchun bir talay qadimiy ashyolar qo‘lga kiritildi.

Aniqlangan manzillar, yig‘ilgan ashyolar o‘zbek xalqining qadim tarixi va madaniyatining o‘ziga xos jihatlarini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadqiqot davom etyapti.

Dilmurod Normurodov,

O‘zMU dotsenti