Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qashqadaryoda 400 gektardan ortiq yer maydoni noqonuniy egallab olingan
16:02 / 2024-06-06

Kadastr xodimlari tomonidan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida 100 gektardan ziyod yer maydonida amalga oshirilgan qonunbuzilishi holati fuqarolar tomonidan ixtiyoriy bartaraf etildi.

Kadastr agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va uning tuman, shahar bo‘limlari tomonidan yanvar-may oylari mobaynida yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish va ushbu yer uchastkalarida noqonuniy imorat qurilishiga oid 1 ming 642 holatda 411,6 gektar yer maydonida qonunbuzarlik holatlari aniqlandi.  

– Yer qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish bo‘yicha o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar natijasida 79,4 gektardagi 472 ta holat fuqarolar tomonidan ixtiyoriy bartaraf etilib, yer maydoni dastlabki holatiga keltirilgan, – deydi Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i Jasur Usmonov. – Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga yer uchastkalari o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonida noqonuniy qurilgan imoratlarni bartaraf etish to‘g‘risida 788 ta (224,6 gektar) da’vo arizasi kiritildi. Shahar, tumanlar bo‘yicha tahlil qilinganda, eng ko‘p noqonuniy egallab olish holatlari Qarshi tumanida –146 ta holatda 21,3 gektar, Chiroqchi tumanida –133 ta holatda 37,9 gektar, Koson tumanida –130 ta holatda 10,5 gektarni tashkil qiladi.  

Ma’lumot uchun: qonunchilikka ko‘ra, yerlarni noqonuniy egallab olish ma’muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.  

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri