Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qashqadaryoda 300 MVtli quyosh elektrostansiyasi va energiya saqlash tizimi qurilishi rejalashtirilmoqda
11:25 / 2026-01-19

Bu haqda Qashqadaryo viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Abu-Dabi shahrida o‘tkazilgan “Abu Dhabi Sustainability Week 2026” xalqaro haftaligi doirasida barqaror rivojlanish, energetika sohasidagi hamkorlik, investitsiyalarni jalb qilish hamda davlat-xususiy sheriklik (DXSH) asosida amalga oshirilayotgan loyihalar muhokama qilindi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamaxmudov, shuningdek, tegishli tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbir doirasida Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida quvvati 300 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi hamda 75 MVt·soatli energiya saqlash tizimi (BESS)ni o‘z ichiga olgan loyiha bo‘yicha moliyalashtirish masalalari yuzasidan kelishuv imzolandi.

Mazkur loyiha BAAning “Masdar” kompaniyasi ishtirokida DXSH asosida amalga oshiriladi.

Loyihani moliyalashtirish xalqaro moliya institutlari ishtirokida ta’minlanadi. Jumladan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Osiyo taraqqiyot banki tomonidan moliyaviy resurslar jalb etiladi. Shuningdek, moliyalashtirish paketida Kanada va Finlyandiya hukumatlari mablag‘lari, Yaponiya bilan hamkorlik jamg‘armasi doirasidagi resurslar hamda bank instrumentlari nazarda tutilgan.

Loyiha ishga tushirilgandan so‘ng atmosferaga yiliga 280 ming tonna zararli moddalar chiqishining oldi olinadi, 231 million kub metr tabiiy gaz tejaladi, shuningdek, 280 mingtaga yaqin xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlash imkoniyati yaratiladi.

G‘uzor loyihasi “Masdar” kompaniyasining O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida bo‘lib, ushbu loyihalarning umumiy quvvati taxminan 2 GVtni tashkil etadi.

Mazkur yo‘nalishda jalb etilgan investitsiyalar hajmi 2 milliard AQSH dollaridan ortdi.

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri