Qashqadaryoda 1,5 ming nafardan ortiq fuqarolarning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi
Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Bugun Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tgan va unda muhim qaror qabul qilingan.

Unga ko‘ra, Qarshi, Shahrisabz shaharlari hamda Chiroqchi, G‘uzor, Kasbi, Koson, Mirishkor, Nishon, Qamashi, Qarshi, Ko‘kdala, Yakkabog‘, Shahrisabz, Kitob va Dehqonobod tumanlarida yashovchi jami 1 ming 17 nafar fuqaroning yakka tartibdagi uy-joylari va ularga tegishli yer uchastkalarga nisbatan mulk huquqlari e’tirof etilgan.


Ma’lumot o‘rnida, bugunga qadar viloyatda 516 nafar fuqaroning uy-joy huquqlari qonuniy tarzda tan olingan edi. Endilikda esa bu ko‘rsatkich keskin oshib, mingdan ortiq xonadon egalariga huquqiy asosda mulkdorlik huquqi berildi.
O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri