Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qashqadaryoda 15 juft yoshning nikoh, 160 bolajonning sunnat to‘yi o‘tkazildi
22:50 / 2025-08-17

Saxovatpeshalik xalqimizga xos fazilat. Mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligi arafasida Qashqadaryo viloyatida 15 juft yoshning nikoh va 160 nafar bolajonning sunnat to‘ylari o‘tkazib berildi.

Mazkur xayrli amal viloyat hokimligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi va qator homiy tashkilotlar tashabbusi bilan homiy tashkilotlar va mahalliy byudjet mablag‘lari hisobiga tashkil etildi.  

To‘yda viloyat hokimi Murotjon Azimov ham ishtirok etib, barchani samimiy qutladi.  

To‘ylari  munosabati bilan  kelin-kuyovlarga zamonaviy televizor va 5 million so‘m olish uchun sertifikat hamda sunnat to‘yi bo‘layotgan bolajonlarning har biriga velosiped hamda 1 million so‘mdan qo‘yilgan bank omonat daftarchalari taqdim etildi.

Ixcham va tejamkor tarzda o‘tkazilgan ushbu to‘y yoshlarimizning hayotida muhim ahamiyatga egadir.

Eng ulug‘ bayram munosabati bilan viloyatda bu kabi xayr-saxovat tadbirlari davom etmoqda.

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri