Qashqadaryoda 13 nafar o‘smir iz gazidan zaharlandi
Bu haqda Qashqadaryo viloyat sog‘liqni saqsash boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filialiga 19 dekabr kuni soat 06:50 da is gazidan zaharlangan jami 13 nafar o‘smir keltirilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Qarshi shahridagi xususiy o‘quv markazlaridan biriga tegishli yotoqxonada gaz bilan ishlaydigan isitish qozonidagi nosozlik mazkur noxush hodisaga sabab bo‘lgan.
O‘smirlarning (hammasi o‘g‘il bola) eng kichigi 11, eng kattasi 14 yoshda. Ularning 3 nafari og‘ir, 5 nafari o‘rta og‘ir holda shifoxonaga keltirilgan bo‘lsa, qolganlariga ambulator sharoitda tibbiy yordam berilgan.
Ko‘rsatilgan tibbiy xizmatdan keyin barchasining ahvoli yaxshilangan.
O‘.BAROTOV, O‘zA