Bu haqda Qashqadaryo vil. oyati hokimi Zoyir Mirzayev viloyatning Kitob tumanida bo‘lib o‘tgan xalqaro press-klubning “Davlat xizmatlari markazi: yangi xizmat turlari, tez, shaffof va qulay» deb nomlangan sessiyasida ma’lum qildi.
– Yil davomida agar tahlil qiladigan bo‘lsak, 90 ming nafar fuqaroni bandligini ta’minlaymiz degan dastur qo‘limizda bor edi. Bu yer bilan bog‘liq bo‘lmagan masala. O‘tgan 5 oy mobaynida 90 ming nafar fuqarodan 46 ming nafardan ziyodrog‘i, aniqroq qilib aytsak 49 ming nafarini bandligini ta’minladik. Ammo viloyatda mehnatga layoqatli ish izlayotgan fuqarolar soni 147 ming nafarni tashkil qiladi.
Qishloq joylarda aholining ishsiz qatlami bandligini ta’minlash uchun mavjud imkoniyatlardan foydalanishimiz kerak. Masalan, bugun qishloq joylarda fermer xo‘jaliklarida kimdir doimiy ishlayapti, kimdir ijarada, kimdir qonuniy, kimdir noqonuniy shu tomoni ham bor. Kimdir oylik olayapti yoki yo‘q. Lekin fermerda ishlagan odam haqiqiy yerni ustasi bo‘ladi. U yerni qadriga yetadi. Biz ana shunday yerni yaxshi ko‘radigan odamga yer berishimiz kerak. Albatta bunda muayyan shartlar qo‘yiladi.
Tasavvur qiling mana hozir g‘alladan 140 ming maydon bo‘shayapti. Shundan 105 ming gektarini fuqarolarga eng ko‘pi yarim gektardan, qolgani 30 sotixgacha bo‘lib beryapmiz. Ular ekishni boshlab yubordi. Kuni kecha Qarshi tumaniga borganimda bitta mahalladan 83 ta oila chiqyapti, bitta oiladan 3 nafardan ishsiz bor. Yerni ularga bersangiz u qadriga yetadi albatta. Ikkinchi masala borki, dehqon xo‘jaligi bo‘lgandan keyin uning asosiy yo‘nalishi, oziq-ovqat ekinlari ekishga qaratiladi. Qo‘yilayotgan vazifa ham shu.
Bizdagi 140 ming gektar paxtani, 140 ming gektar g‘allani 10 foizini olsak, ikkalasi bo‘yicha 42 ming gektar yerni qisqartirishimiz kerak, aholiga berishimiz uchun. 10-15 foiz to‘g‘risida gap ketyapti. Agar shu yerni egasini topsak, ya’ni 10 yillik muddatga muayyan shartlar bilan yerni qadriga yetadigan odamga beradigan bo‘lsak, ikkita narsadan yutamiz. Birinchidan, eksportbop mahsulot qo‘limizda bo‘ladi. Ikkinchidan, bozorning narx-navosiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi. Eng quvonchlisi xalqimiz bu tashabbusni ko‘tarinki kayfiyatda kutib olayotganiga o‘zim guvoh bo‘lyapman.
Keyin odamlar tasavvurimizdagi yo‘q bo‘lgan ekinlarni ekib yetishtiraman deyapti. Suvni ham o‘zimiz chiqaramiz deyapti. Masalan Qarshi tumanida shunday bo‘ldi. Fuqarolarga suv masalasi og‘irroqku bu yerda deganimizda 4 million 900 ming so‘mga o‘zimiz yer osti qudug‘ini qazib, siz bergan yerni sug‘oramiz. 4 kishi birga harakat qilamiz shunda 600 ming so‘mdan tushadi deyishdi. Ko‘rayapsizmi hattoki, ularning aniq hisob-kitobi allaqachon tayyor. Endi shu paytgacha bu holat bizning tasavvurimizga sig‘magan narsa bo‘lgan. Ya’ni davlat buyurtmasi bo‘lgan ikkita monapol mahsulotdan kechib ya’ni paxta bilan g‘alla ekiladigan maydonlarni 15 foizgacha kechib, fuqarolarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yer berilishi o‘ylaymanki olamshumul qaror, desak yanglishmayman.
O‘lmas Barotov, O‘zA