Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qashqadaryoda 1014 ta noqonuniy hujjatlar bekor qilingan
17:20 / 2023-05-17

Bu haqida Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi tashabbusi bilan jurnalist va blogerlar uchun o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davrida viloyat adliya boshqarmasiga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 2072 ta murojaatning 1709 tasi hal etilib, shundan 906 tasi yoki 53 foizi qanoatlantirildi, 803 tasiga huquqiy tushuntirish berildi. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 45 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi.  

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi faoliyati yuzasidan o‘rganish va monitoringlar o‘tkazilib, natijasi bo‘yicha jami 55 ta taqdimnoma kiritilgan. Kiritilgan taqdimnomalar natijasida jami 281 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlari, shundan 13 tasi normativ-huquqiy tusdagi qarorlari bekor qilinib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirilgan. Qonunchilikka o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish hamda amaliyotda mavjud muammoli holatlarni bartaraf etish yuzasidan 170 ta takliflar ishlab chiqildi. Boshqarma va uning tizimidagi adliya bo‘limlari tomonidan hisobot davrida jami 58 ta o‘rganish va 553 ta monitoringlar o‘tkazilib, o‘rganishlar davomida 770 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olindi va ushbu o‘rganish va monitoringlar natijasida 12 652 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.  

Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 835 ta taqdimnoma, 144 ta ma’muriy va 2 ta jinoiy javobgarlikka tortish haqida takliflar hamda 1 234 ta ogohnoma kiritildi. Natijada 341 nafar shaxs intizomiy (shundan 8 nafari egallab turgan vazifasidan ozod qilindi) va 113 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi, 1014 ta noqonuniy hujjatlar bekor qilindi, shuningdek, 7 milliard 55 million so‘mdan ortiq pul mablag‘lari qonuniy egalariga qaytarildi.  

Hisobot davrida sudlarga 5 milliard 515 million so‘mlik 512 ta da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, natijasiga ko‘ra 4 milliard 336 million so‘mlik 387 ta da’vo arizalari qanoatlantirildi.  

O‘lmas Barotov, O‘zA.