French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qashqadaryoda 1002 ta referendum uchastkasi tashkil etildi
14:14 / 2023-03-31

O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazuvchi 13-Qashqadaryo okrug komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Okrug komissiyasi raisi I.Ahmedov boshqargan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Referendumini o‘tkazuvchi referendum uchastkalarini tuzish to‘g‘risidagi masala muhokama qilindi.

Muhokamalar chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Referendumini o‘tkazuvchi 13-Qashqadaryo okrugi hududi bo‘yicha referendum uchastkalarining joylashuvi yuzasidan 2 ta shahar va 14 ta tuman hokimlarining, shuningdek, harbiy qismlar, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylari rahbarlarining taqdimnomalari ma’lumot uchun qabul qilindi.  

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida” gi qonuniga muvofiq, taqdimnomalar asosida Qashqadaryo viloyatida 1002 ta referendum uchastkasini tashkil etishga qaror qilindi.  

O‘lmas Barotov, O‘zA