English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qashqadaryo xabarlari – qisqa satrlarda
15:00 / 2021-12-10

10 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Qashqadaryo viloyati bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasi sportchi o‘quvchilari ishtirokida Qarshi shahrida joylashgan Abdulla Oripov nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internatida «Madhiya – xalqimizning bosh qo‘shig‘i» nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida yosh sportchi o‘quvchilar ijod maktabida tashkil etilgan muzeyda O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi matni muallifi, O‘zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Abdulla Oripovning yoshlik davrlariga oid eksponatlar, shoir ijodiga mansub ishlar, she’riy to‘plamlari bilan tanishdi.

 

***
 

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish bo‘yicha e’lon qilingan «dolzarb 40 kunlik» Qashqadaryoda ham keng qo‘llab-quvvatlanib, qarovsiz maydonlar ham obod qilinmoqda.

Ana shu tashabbus bundan ikki-uch yil oldin Qarshi chiqindi poligoni vazifasini o‘tagan «Qo‘ng‘irtog‘» tepaliklariga tutash, bir paytlar tashlandiq bo‘lgan yirik maydonlargacha yetib bordi.

***
 

Kitob tumani elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan tumandagi mavjud elektr tarmoqlarini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar davom ettirilmoqda. Kuni kecha korxonaning 21 nafar xodimidan tashkil topgan 5 ta ishchi guruh tomonidan hududdagi Varganza MFYga 13 dona beton to‘sinlar o‘rnatildi, Nurafshon, Istiqlol, Alaqo‘yliq MFYlarda 1 kilometrdan ortiq elektr liniyalari yangilandi.

 

***
 

Yurtimizda hech bir inson mehr va e’tibordan chetda qolmaydi. Shu yo‘nalishda qilingan har qanday ish esa savoblidir. Zero, savob ishni har kim, har kuni qilishi kerak.

Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan «Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan G‘uzor tumanidagi 4 nafar chin yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga barcha qulayliklarga ega bo‘lgan shinam xonadonlar kaliti topshirildi.

 

***
 

Koson tumani qishloq xo‘jaligi texnikalarini boshqarish huquqini beruvchi yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalarini olish bo‘yicha ayollar va qizlar o‘rtasida targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borilib, ularga nazariy va amaliy dars jarayonlari olib borildi.


Qashqadaryo viloyati IIB YHXB boshlig‘i tomonidan o‘tkazilgan ushbu tadbir yakunida qishloq xo‘jaligi texnikalarini boshqarish huquqini beruvchi yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalari xotin-qizlarga topshirildi

 

O‘lmas Barotov, O‘zA