French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qashqadaryo viloyati xabarlari – qisqa xabarlarda
12:13 / 2026-01-19

Yurtimizda Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoniga asosan muhim tadbir bo‘lib o‘tmoqda.

Farmonga muvofiq Qashqadaryodagi davlat organlari va tashkilotlar xodimlari onlayn ro‘yxatdan o‘tib, tadbirda faol ishtirok etmoqda.

***

Bugungi kunda xotin-qizlarni kasb-hunarga yo‘naltirish va ularning bandligini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Shu maqsadda, Shahrisabz tumani Chorshanbe shaharchasidagi IT va tadbirkorlik markazi qoshida mohir hunarmand Zaynura Hoshimova tomonidan hunarmandchilik markazi tashkil etilgan.

Markazning o‘ziga xosligi shundaki, u yerda ijtimoiy himoyaga muhtoj va ishsiz ayollar mehnat qilishi bilan bir qatorda, tumandagi 1-sonli texnikum o‘quvchilari uchun dual ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Bu o‘quvchi-qizlarga nazariy bilimlarni bevosita ishlab chiqarish jarayonida mustahkamlash hamda qo‘shimcha daromad olish imkonini bermoqda.

Bu kabi loyihalar hududdagi ishsizlikni kamaytirish, kasbga tayyorlash va hunarmandchilik an’analarini yosh avlodga yetkazishda muhim poydevor bo‘lmoqda.

***

Chiroqchida bir kunda ikkita maktabning yangi o‘quv binosi foydalanishga topshirildi.

Tumanning Pakandi mahallasidagi 6-sonli va Amir Temur mahallasidagi 88-sonli umumta’lim maktablarining zamonaviy, barcha qulayliklarga ega yangi o‘quv binolari foydalanishga topshirildi.

Yangi o‘quv binosining tantanali ochilish marosimida tuman hokimi o‘rinbosari Zahriddin Qambarov va Maktabgacha va maktab ta’limi tuman bo‘limi boshlig‘i Gulsora Sulaymonovalar boshchiligida nuroniylar, mahalla ahli hamda tuman faollari ishtirok etdi.

Zamon talablari asosida qurilgan umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishlari uchun barcha qulay shart-sharoitlar yaratilgan. Maktablarning yangi o‘quv binolari yashil energiya bilan ta’minlangan, binolar ichki, kommunal va issiqlik tizimlari bilan to‘la jihozlangan.

Ma’lumot o‘rnida, har ikki maktabning yangi o‘quv binolari xususiy qurilish korxonasi tomonidan barpo etilgan. Investitsiya dasturi doirasida qurilgan 6-maktabning 330 o‘rinli o‘quv binosi va maktabning kapital ta’miri uchun 6 milliarddan ziyod mablag‘ sarflangan bo‘lsa, 88-maktabning 420 o‘rinli yangi o‘quv binosini qurish uchun 4 milliardga yaqin mablag‘ ajratilgan.

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri