Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qashqadaryo viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
14:48 / 2026-03-02

Ma’lumki, davlatimiz rahbari yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni har tomonlama yetuk kadrlar qilib tarbiyalash borasida olib borayotgan islohotlari kelajak avlod uchun qo‘llab-quvvatlovchi omil bo‘lib, uning natijalari mamlakatimizni yanada yuksak marralarga ko‘tarmoqda.

Prezidentimizning ayni shu boradagi islohotlarining ijrosi sifatida Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov viloyatning har tomonlama bilimli va salohiyatli yoshlarining bir guruhi bilan muloqot qildi.

Uchrashuvda yoshlar bilan birma-bir suhbat qilgan viloyat rahbari ularning hozirgi kundagi faoliyati va kelgusi rejalari bilan tanishib, taklif hamda fikrlariga quloq tutdi va doimiy qo‘llab-quvvatlashini alohida ta’kidladi.

***

Prezidentimiz tashabbusi bilan “Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi” shiori ostida Qamashi tumanida xayriya iftorligi tashkil etildi. Tadbirda 500 nafardan ortiq fuqaro ishtirok etdi.

Xayriya dasturxoni Qamashi tumanidagi Jasmin to‘yxonasida yozildi. Unda kam ta’minlangan oilalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda yolg‘iz keksalar qatnashdi.

Tadbirda Energetika vaziri, Qashqadaryo viloyati hokimi, Qamashi tumani hokimi, mehnat faxriylari, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ham ishtirok etdi.

Qur’on tilovati bilan boshlangan iftorlik dasturxonida yig‘ilganlar yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi, xalqimiz farovonligi, Vatanimiz ravnaqi hamda bahor mavsumida hosilga baraka tilab duo qildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga Ramazon sovg‘alari topshirildi. Mazkur xayriya aksiyasi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash, inson qadrini ulug‘lash hamda jamiyatda mehr-muruvvat muhitini mustahkamlashga qaratilgan ezgu ishlarning amaliy ifodasi bo‘ldi.

***

Qamashi tumani markazida tadbirkor Adham Egamberdiyev tomonidan zamonaviy “SAAD” mehmonxonasi foydalanishga topshirildi. 5 milliard so‘m investitsiya evaziga barpo etilgan ushbu loyiha 10 nafar fuqaroning doimiy ish bilan ta’minlanishiga xizmat qildi.

Tantanali ochilish marosimida Qashqadaryo viloyati hokimi M.Azimov ham ishtirok etdi.

“SAAD” mehmonxonasi bir vaqtning o‘zida 28 nafargacha mehmonni qabul qilish imkoniyatiga ega. Mehmonxona xizmat safari bilan keluvchilar, oilaviy mehmonlar hamda hududga tashrif buyurayotgan sayyohlar uchun barcha zarur sharoitlarni taqdim etadi.

Ta’kidlash joiz, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Qamashi tumani ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Infratuzilma ob’ektlari yangilanib, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish maskanlari barpo etilmoqda. Mehmonxonaning ishga tushirilishi esa hududning investitsion jozibadorligini oshirish, xizmatlar bozori ko‘lamini kengaytirish hamda aholi farovonligini yuksaltirish yo‘lidagi navbatdagi amaliy qadam bo‘ldi.

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri