English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qashqadaryo viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
10:49 / 2025-11-12

Qashqadaryo viloyatida doimiy aholi soni 2025 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra, 3 697,6 ming kishini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 79,3 ming kishiga yoki 2,2 foizga ko‘paydi.

***

Prezidentimizning “Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoniga asosan mazkur yuksak e’tirofga sazovor bo‘lgan bir guruh qashqadaryolik soha xodimlariga davlat mukofotlari viloyat hokimi Murotjon Azimov tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Har yili mazkur bayram respublikamizda keng nishonlanib kelinmoqda. Kuni kecha davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan “Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonga muvofiq, viloyatdan 5 nafar soha xodimi mukofotlandi.

O‘z navbatida davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan shifokorlar so‘zga chiqib, Prezidentimiz tashabbusi bilan so‘nggi yillarda yurtimiz tibbiyotida ulkan islohotlar va o‘zgarishlar amalga oshirilayotganini ta’kidlab, minnatdorlik izhor etdi.

***

18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun.

Yurtimiz bo‘ylab ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan keng ko‘lamli tadbirlar o‘tkazilmoqda. Jumladan, milliy g‘urur, birlik va vatanparvarlik timsoli bo‘lgan bayrog‘imizni ulug‘lash maqsadida “Bir Vatan, bir el, bir bayroq” shiori ostida bayroq estafetasi davom etmoqda.

Ushbu faxrli estafeta Surxondaryo viloyatidan Qashqadaryo viloyatiga tantanali tarzda topshirildi. Viloyatning Dehqonobod tumanida o‘tgan tadbirda yoshlar, nuroniylar, faxriylar va faollar ishtirok etib, yurtimiz bayrog‘ini yuksak ruhda qabul qilib oldi.

Dehqonobodlik yoshlardan tortib, nuroniy otaxonu onaxonlargacha ushbu estafetada faol ishtirok etib, O‘zbekiston bayrog‘ining har bir rangi, chizig‘i hamda undagi oy va yulduzlarning ma’nosini chuqur his etgan holda tadbirni davom ettirdi.

O‘lmas Barotov, O‘zA