Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qashqadaryo viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
09:30 / 2025-10-07

Qarshi shahrida tarixda ilk bor kattalar o‘rtasida sport kurashi bo‘yicha Qashqadaryo viloyati hokimi sovrini uchun I-Xalqaro “QARSHI OPEN-2025” turniri start oldi.

Tadbirda Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov ishtirok etib, sportchilar va mehmonlarni qutladi. Hokim o‘z so‘zida musobaqaning sport sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlashdagi ahamiyatini ta’kidlab, ishtirokchilarga omad va zafarlar tiladi.

Mazkur nufuzli musobaqada 300 nafardan ziëd sportchilar ishtirok etmoqda. Turnir Xalqaro sport kurashlari federatsiyasi talablari asosida tashkil etilgan.

Ayni paytda gilamda yunon-rum kurashi yo‘nalishida bahslar davom etmoqda. Ertaga esa musobaqalar erkin kurash bo‘yicha erkaklar va aëllar o‘rtasida davom ettiriladi. Turnir davomida sportchilar g‘alaba sari intilish, matonat va mahoratlarini namoyish etadi.

***

Prezidentimizning tegishli farmoni ijrosi doirasida Qashqadaryo viloyatida pensiya to‘lovlarini zamonaviy usullar orqali amalga oshirish tizimi joriy etildi. 

Endilikda pensiya oluvchilar o‘z shaxsini Face ID (yuzni aniqlash) tizimi orqali tasdiqlab, to‘lovlarini hech qanday ortiqcha hujjatsiz, tez va qulay tarzda olish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Mazkur tizim joriy etilishi pensiya to‘lovlarida shaffoflikni ta’minlash, soxta hujjatlar va vositachilikka barham berish, shuningdek, fuqarolar uchun maksimal qulaylik yaratishga xizmat qiladi.

***

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahridagi 2-son Bolalar musiqa va san’at maktabi hamda Janubiy Koreyaning “Iksan” Koreys xalq cholg‘ular orkestri jamoasi o‘rtasida tuzilgan hamkorlik memorandumi doirasida ushbu orkestr jamoasi Shahrisabz shahriga tashrif buyurdi.

Ushbu tashrif hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, ikki xalq o‘rtasidagi madaniy almashinuvni rivojlantirish hamda bolalarning musiqa sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi.

Shu bilan bir qatorda bolalar musiqa va san’at maktablarida bo‘lgan mehmonlar, ta’lim jarayonlari hamda iqtidorli yoshlar bilan uchrashdi, ularga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Maqom muzeyida bo‘lgan qizg‘in uchrashuvdan so‘ng Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Isoq To‘rayev hamda Koreyaning “Iksan” Koreys xalq cholg‘ular orkestri jamoasi rahbari Oh Sukshin boshchiligida konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Amir Temur xiyobonida Koreyaning “Iksan” Koreys xalq cholg‘ular orkestri jamoasi o‘zining yorqin lahzalarga boy bo‘lgan konsert dasturini namoyish etdi.

O‘lmas Barotov, O‘zA