Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qashqadaryo viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
15:49 / 2025-07-03

Kitob tumanidagi tibbiyot muassasalari zamonaviy kompyuterlar bilan ta’minlandi.

Tumandagi tibbiyot birlashmasiga 130 dona zamonaviy kompyuterlar topshirildi. Ushbu texnik jihozlar yordamida davolash-profilaktika muassasalarida "Elektron sog‘liqni saqlash" axborot tizimini joriy etish, bemorlar to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotlarni elektron shaklda yuritish, xizmat ko‘rsatish tezligi va sifati oshiriladi.

Muhimi, mazkur raqamli tizim turkiyalik mutaxassislar tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan va hozirda tajriba-sinov loyihasi talablari asosida takomillashtirilmoqda. Bu orqali elektron tibbiyot xizmatlarining mahalliy sharoitga moslashuvi, tibbiy muassasalarning texnik tayyorgarligi va kadrlar salohiyati sinovdan o‘tkaziladi.

Tibbiyot birlashmasi vakillari bu kompyuterlar nafaqat texnik imkoniyatlarni kengaytirishi, balki tibbiy xizmatlarning zamonaviy standartlarga mos ravishda tashkil etilishiga zamin yaratishini ta’kidlamoqda.

***

Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Shahrisabz tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbirlarida Shahrisabz tuman “Shakarteri” MFY “Soybo‘yi” qishlog‘i hududidan noqonuniy daraxt kesilishi holati aniqlandi.

Holat yuzasidan Shahrisabz tuman “Polmon” qishlog‘ida yashovchi fuqaro (E.S) tomonidan noqonuniy ravishda olcha va terak daraxtlari kesib tashlaganligi aniqlandi. Aniqlangan holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKsining tegishli moddasi bilan 9 million 375 ming so‘m miqdorida ma’muriy hamda tabiat va o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun 1 million 875 ming so‘m jarima qo‘llanildi.

***

Qashqadaryoda qarzdorlar avtomobillari jarima maydonchasiga olib ketildi. Bir kunda – 40 dan ziyod avtomashina.  

Majburiy ijro byurosi 25 iyun kuni Qashqadaryo viloyatida majburiy ijro harakatlari natijasida qarzdorlikdan bo‘yin tovlayotgan fuqarolarning 40 dan ziyod avtotransport vositalarini jarima maydonchasiga joylashtirdi.

Kredit, soliq, zarar va boshqa turdagi qarzlarini o‘z vaqtida to‘lamaydiganlarga nisbatan qonun doirasida qat’iy choralar ko‘rilmoqda.

Bu borada qimmatbaho mashinalar ham jarimadan chetda qolmaydi...

Eslatma: Qarzni o‘z vaqtida to‘lash — nafaqat qonuniy majburiyat, balki jamiyat oldidagi mas’uliyatdir.

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri