English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qashqadaryo viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
15:25 / 2025-03-03

Qarshi shahrida bir qator yangi ta’lim dargohlari foydalanishga topshirildi.

Jumladan, shaharning Otchopar mahallasida joylashgan 44-sonli maktabning 560 o‘rinli yangi o‘quv binosi foydalanishga topshirildi. 

Shuningdek, Bo‘ston mahallasida joylashgan 46-sonli o‘rta maktabda hozirda 931 nafar o‘quvchi ta’lim oladi. Avval o‘quvchilar 420 o‘rinli eski binoda o‘qib kelgan bo‘lsa, endilikda ular uchun yangi uch qavatli, 480 o‘rinli zamonaviy o‘quv binosi foydalanishga topshirildi.

Tantanali ochilish marosimlarida viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi vakillari, mahalla faollari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Mahallalar aholisi va ota-onalar bunday zamonaviy ta’lim maskanining foydalanishga topshirilganidan mamnunlik bildirib, bu imkoniyatlar kelajak avlodning ta’lim-tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi.

***

Qarshi tumani Kerayit mahallasida “Shirintoyim shahinabonu” nomli 200 o‘rinli davlat xususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha ta’lim muassasasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Qarshi tumani hokimi Zoir Alikulov ishtirok etdi. Yangi zamonaviy bolalar bog‘chasida yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi. 

Tuman rahbari mahalla ahlini ushbu yangi bino bilan muborakbod etib, Prezidentimiz tashabbuslari bilan bu kabi yangi binolar orqali tumanda bolajonlarning maktabgacha ta’limga qamrovi 85 foizga oshganligi qayd etildi.

***

Qashqadaryolik paravelosportchi Osiyo chempionatida 5 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Joriy yilning 19-28 fevral kunlari Malayziyada paravelosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkazildi. 

Unda terma jamoamiz a’zolari muvaffaqiyatli ishtirok etib, jami 23 ta medal qo‘lga kiritgan holda umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.

Quvonarlisi shuki, milliy terma jamoamiz safidagi qashqadaryolik paravelosportchi G‘olibbek Mirzayorov chempionat bahslarida 4 ta oltin va 1 ta kumush, ya’ni bir o‘zi jami 5 ta medalni qo‘lga kiritdi.

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri