Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qashqadaryo viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
15:08 / 2024-07-23

Adliya vazirining tegishli buyrug‘iga asosan, tuman va shaharlardagi mahallalarda adliya organlariga biriktirilgan 14 dan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida “Zukko kitobxon” tanlovi viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan tanlovda tuman (shahar) bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlar bilimlarini namoyon etdi.  

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Qamashi tumanilik Elnura Norboyeva 1-o‘rinni egallab, televizor bilan taqdirlandi. 2-o‘rinni egallagan kosonlik kitobxon Rayhona Oblaqulovaga Book reader, 3-o‘rin sohibasi, yakkabog‘lik Iroda Qudratovaga smart soat, diplom topshirildi.  

Ma’lumot o‘rnida tanlovning Respublika bosqichi 19-20 avgust kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida bo‘lib o‘tadi.  

***  

Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari v.v.b N.Umarova boshchiligida qashqadaryolik tadbirkor ayollar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.  

Ochiq muloqotda Savdo-sanoat palatasi rais o‘rinbosari tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini tashkil qilish” chora-tadbirlari to‘g‘risida qaror mazmun mohiyati tadbir ishtirokchilariga tushuntirilib, tadbirkorlarga berilayotgan imkoniyatlar haqida to‘xtalib o‘tildi.  

Uchrashuv davomida tadbirkorlar o‘z faoliyatlari bilan bog‘liq muammolarini bildirib, yangi biznes loyihalarini taqdim etdi. Jumladan, qishloq xo‘jaligi, sanoat va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlari bo‘yicha bir qator yangi taklif, loyihalar muhokama qilindi.  

***  

G‘uzorda oilaviy poliklinika filiali foydalanishga topshirildi  

Tumanning Yangi hayot mahallasi aholisi "Tashabbusli byudjet" loyihasining 2023 yil 1-mavsumida faol ishtirok etib, 46-oilaviy poliklinika filialini ta’mirlash taklifini bildirishdi va 7104 ta ovoz olgan holda loyiha g‘olibi deb topildi.  

Umumiy qiymati 1 milliard 83 million so‘m mablag‘ evaziga 46-oilaviy poliklinika filiali yangidan barpo etilib, aholi uchun foydalanishga topshirildi.  

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri