Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qashqadaryo viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
12:40 / 2023-07-31

Qashqadaryolik sportchi Butunjahon universiada o‘yinlari sovrindori bo‘ldi. Shu kunlarda Xitoyning Chendu shahrida XXXI yozgi Butunjahon universiada o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.

Quvonarlisi unda O‘zbekiston sport delegatsiyasiga universiadaning ilk medalini qashqadaryolik dzyudochi Kamoliddin Baxtiyorov taqdim etib 60 kilogramm vazn toifasida dzyudo bo‘yicha bronza medalini qo‘lga kiritdi.  

***  

Chiroqchi tumani prokuraturasi va tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida Jar madaniyat markazida 2-sektor hududidagi mahallalarda istiqomat qilayotgan “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari” ga kiritilgan xotin-qizlar hamda yoshlar uchun “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.  

Mehnat yarmarkasida 17 korxona va tashkilot 169 ga yaqin bo‘sh ish o‘rni bilan qatnashdi. Mehnat yarmarkasi davomida 83 nafarga yaqin xotin-qiz va yoshlar qamrab olindi va shu joyning o‘zida ularning 11 nafari bilan mehnat shartnomasi tuzilib, ishga joylashish uchun yullanmalar berilgan bo‘lsa, 3 nafar ishsiz fuqarolar kasb-hunarga o‘qitish markaziga yunaltirildi. 5 nafar fuqaro haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi.  

***  

Bunyodkorlik ishlari Kitob tumanining eng olis hududlariga ham kirib bormoqda. So‘ngi yillarda mamlakatimizda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib, hatto eng chekka hududlar infratuzilmasi ham bosqichma-bosqich yaxshilanmoqda.  

Xususan, Kitob tumanining eng olis mahallalaridan biri “Kuhsor” MFYda ayni kunlarda yo‘lsozlar tomonidan 3 kilometr uzunlikda asfalt yotqizilmoqda.  

***  

Qarshi tumanida yana bir investitsion loyihaning amalga oshirilishi natijasida aholi bandligi ta’minlanmoqda.  

To‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritilgan 6 million AQSH dollari miqdoridagi investitsiya mablag‘lari evaziga Qarshi tumanida “Tatkola” MCHJ tomonidan “Red Hall” brendi ostida yillik quvvati 9 million dona bo‘lgan salqin ichimliklar ishlab chiqarish korxonasi o‘z faoliyatini boshladi. Loyihaning to‘liq ishga tushishi natijasida 40 yangi ish o‘rni yaratildi.  

***  

Saxovatning ko‘pi bo‘lmaydi, ozi ham bo‘lmaydi. U savob uchun oshiqqan ko‘ngilning ehsoni hisoblanadi.  

Mana shunday savobli tadbirlardan biri Kitob tumanida tashkil etildi. Ya’ni tumanidagi 58 nafar ehtiyojmand fuqaroga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan  20 million 300 ming so‘mlik  oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.  

 

O‘lmas Barotov,  

O‘zA.