Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qashqadaryo viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
12:43 / 2021-12-11

Dehqonobod tumanidagi “Gumbuloq” mahallasida “Obod qishloq” davlat dasturiga ko‘ra, obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Hududdagi QVP, maktab va mahalla ko‘chalari ta’mirlanib, aholi uchun qulay shart-sharoit yaratilmoqda.

Tuman hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sherdil Ergashevning ma’lumot berishicha, hududdagi 16,5 kilometr ichki yo‘llarga shag‘al va asfalt yotqizilib, yo‘llar tekislandi.

Jumladan, 3,9 kilometr yo‘lga asfalt yotqizilib, tekislangan bo‘lsa, qolgan yo‘llarga shag‘al yotqizildi. Shuningdek, hududdagi ijtimoiy soha ob’ektlari ham qayta ta’mirlandi.

*

Viloyat aholisining ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyoji bosqichma-bosqich yaxshilanmoqda.

"Obod qishloq" va "Obod mahalla" davlat dasturlari qishloq aholisining ko‘p yillik muammolariga yechim bo‘lib, fuqarolarning farovon turmush darajasini oshirmoqda. Jumladan, Mirishkor tumanidagi “Zafar” MFYda tuman hokimligi, “Qashqadaryo suv ta’minoti” MCHJ rahbariyati va aholi vakillari ishtirokida yangi suv tarmog‘i ob’ekti foydalanishga topshirildi.

Unga ko‘ra, 14,7 kelometr uzunlikdagi turli o‘lchamli quvurlar yotqizilib, 550 ga yaqin xonadonda 2000 ga yaqin aholi markazlashgan tarmoq orqali ilk bora ichimlik suvi bilan ta’minlandi.

*

“Qashqadaryo HET” AJ axborot xizmatining xabar berishicha, Koson tumanida joylashgan “Turon” nimstansiyasining rekonstruksiyasi yakunlandi. Nimstansiyaning 16000 kV quvvat beruvchi eski qurilmasi yangi va zamonaviy bo‘lgan 25000 kV quvvat beruvchi transformatorga almashtirildi. Natijada Koson tumanining Yakkasaroy, Yodgor, Olachabog‘, Rayimso‘fi, Olato‘n, Xo‘jaquduq MFY va Ko‘kdala hududining bir qismiga elektr energiyasi to‘laqonli yetkazilmoqda.

*

Qarshi shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan avtobus yo‘nalishlari soni yana bittaga ko‘paydi. Endilikda 16-yo‘nalish hudud aholisiga xizmat ko‘rsatadi.

Qashqadaryo viloyati transport boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, marshrut sxemasiga ko‘ra, qatnov Xontepa mahallasi (sobiq Remzavod yoni)dan boshlanib, Parg‘o‘za mahallasida tugaydi. Avtobuslar Ona haykal, viloyat hokimligi, viloyat IIB, QarDU, 7-maktab, shahar elektr ta’minoti korxonasi, Eski shahar, Eshonshahid, 35-maktab, Xudoyzod mahallasi, Chorsu, Qashqadaryo sohili, Farhod bozori kabi muhim nuqtalardan o‘tadi. Yo‘nalishni tashkil etishda aholi talab-istagi inobatga olingan.

Hozirda ushbu yo‘nalishga “Avtotrans Qarshi” davlat unitar korxonasiga qarashli 10 dona “Isuzu” rusumli avtobus qo‘yilgan.

Qayd etish joiz, shu tariqa viloyat markazida ishlab turgan avtobus yo‘nalishlari soni 16 taga yetdi.

*

Qamashi tumanida 2018 yilda vanna ishlab chiqarish faoliyatini boshlagan “Ideal palimer plast” korxonasi ish faoliyatini yangi binoda davom ettiradi.

Ushbu binoni foydalanishga topshirish marosimi o‘tkazildi. Unda tuman sektor rahbarlari, nuroniylar va jamoatchilik ishtirok etdi.  

Hozirda korxonada polimer marmar va akril tipidagi ikki xil vanna ishlab chiqarilayapti. Mijozlarning talabiga ko‘ra, ularni 40 dan oshiq o‘lcham va ko‘rinishda tayyorlab berish imkoniyati mavjud.

Korxonada ayni paytda 25 nafar ishchi faoliyat yuritmoqda va kuniga o‘rtacha 20-25 ta vanna ishlab chiqarilmoqda.

O‘lmas Barotov, O‘zA