Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qashqadaryo viloyat hokimi yoshlar bilan uchrashdi
19:13 / 2022-06-24

FOTOREPORTAJ

Qarshi shahridagi Yoshlar markazida Qashqadaryo viloyat hokimi Murotjon Azimov yoshlar bilan uchrashdi.

Samimiy muloqot ruhida kechgan suhbat yoshlarga katta motivatsiya berdi. Maktab va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishida bu kabi uchrashuvlar katta ahamiyatga egaligi ta’kidlandi.

[gallery-7708]

Qayd etilganidek, bu yil viloyatda umumta’lim maktablarining 11-sinfini 42 ming 825 nafar o‘quvchi bitirdi. Ulardan 608 nafariga muddatidan oldin talaba bo‘lish baxti nasib etdi. E’tiborli jihati, bitiruvchilarning 961 nafari oltin medal (a’lo darajali attestat), 221 nafari kumush medalga loyiq ko‘rildi.

– Uchrashuvda oliy ta’lim muassasalari talabalarining bandligini ta’minlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi, - deydi Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Umirbek Toshniyozov. – Bu bejiz emas. Prezidentimiz raisligida joriy yil 4 mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bu masala kun tartibiga olib chiqildi, hokimliklar va tegishli idoralarning bu boradagi vazifalari belgilab berildi. Institutimiz miqyosida oladigan bo‘lsak, 2021/2022 o‘quv yilida bakalavr yo‘nalishini tugatayotgan 1517 nafar talabaning 955 nafari hozirgacha o‘z ish o‘rniga ega bo‘ldi.

Jamshid NORQOBILOV (surat), O‘zA