Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarida yer maydonlarining noqonuniy sotilishiga chek qo‘yildi
10:03 / 2023-02-22

Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda bir nechta tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

Jumladan, Koson tumanidagi chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalik rahbari 2011 yil tuman hokimligi tomonidan mazkur xo‘jalikka 49 yil muddatga ijaraga berilgan 50 gektar yer maydonini mansabdor tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 1 mlrd. 200 mln. so‘m talab qilib, oldindan 590 mln. so‘m olgan vaqtida ushlandi.

Kasbi tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa fermer xo‘jalik rahbari o‘zining muqaddam sudlanganligiga qaramasdan, 1981 y.t. tanishi bilan birgalikda, mazkur xo‘jalikning paxta va g‘alla yetishtirishga mo‘ljallangan 35 gektar sug‘oriladigan yer maydonini xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 1 mlrd. 200 mln. so‘m talab qilib, oldindan 380 mln. so‘m olgan vaqtlarida ushlandi.

Kasbi tumanida qayd etilgan yana bir holatda dehqonchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalik ish yurituvchisi mazkur xo‘jalik rahbarining unga bildirgan ishonchini suiiste’mol qilib, 14 gektar yer maydonini 130 mln. so‘mga sotgan vaqtida ushlandi.

Shuningdek, ushbu yer maydonini xaridor nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan Kasbi tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi xodimi 5 mln. so‘m olgan vaqtida ushlandi.

DXX Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sirdaryo tumanida yashovchi, 1980 y.t., muqaddam bir necha marotaba sudlangan shaxs, unga tuman hokimining 2021 yildagi qaroriga asosan tomchilatib sug‘orish usuli bilan intensiv bog‘dorchilik fermer xo‘jaligi tashkil etishi uchun ajratilgan 4,5 gektar yer maydonini xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 30 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 20 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

O‘zA