Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qashqadaryo polvonlari birinchi o‘rinni egalladi
12:40 / 2023-12-07

Mamlakatimiz mahalla yoshlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, iqtidorli yoshlarni saralash, tanlash maqsadida joriy etilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” sport o‘yinlari chinakam ma’noda iste’dodlarni kashf etish maydoni bo‘lmoqda.

"Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida kurash bo‘yicha Buxoroda o‘tkazilgan Bosh prokuror kubogining Respublika final bahslarida ham o‘nlab talantlar aniqlandi.

Buxoro shahridagi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida yuqori saviyada tashkil etilgan final bellashuvlarida o‘z mahallasida, tumanida, viloyatida va hududida mahoratini namoyish etganlar g‘oliblik uchun kurash gilamiga chiqishdi.  

Kurashning jozibali usullarini namoyish etib, oltin medallarga sazovor bo‘lgan Qashqadaryo viloyati jamoasi sportchilari umumjamoa hisobida 1-o‘rin, Buxoro viloyati polvonlari 2-o‘rin, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarining mahalla jamoalari 3-o‘rinni egallashdi.

G‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimida zamonaviy kurash sport turi qonun-qoidalari asoschisi, O‘zbekiston kurash federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Komil Yusupov, Buxoro viloyati prokurori, viloyat kurash federatsiyasi raisi o‘rinbosari Mahmud Istamov va bir qator mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA muxbiri