Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qashqadaryo hokimlari va ularning o‘rinbosarlari Namanganda bo‘ldi
12:57 / 2024-04-13

FOTOREPORTAJ

Qashqadaryo viloyati shahar va tumanlari hokimlari hamda ularning o‘rinbosarlaridan tashkil topgan delegatsiya a’zolari Namangan viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida tashrif buyurdi. 

Delegatsiya a’zolari dastlab o‘rganishlarni Namangan shahrida joylashgan «Barkamol avlod» KSZdan boshladi. Namangan viloyati hokimligi vakillari tomonidan KSZ faoliyati bo‘yicha batafsil ma’lumot berilib, «Balance tex», «Sifat yogʻoch mebel» hamda «Master class dizay» mas’uliyati cheklangan jamiyatlari faoliyati bilan tanishtirildi.

[gallery-16902]

«Barkamol avlod» kichik sanoat zonasi 10 gektarlik hududda joylashgan bo‘lib, bu yerda umumiy hisobda 46 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Barcha loyihalar bitgach, 6 470 ishchi o‘rni yaratiladi.

Mehmonlar Namangan shahrida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar, aholining turmush sharoitini yanada yaxshilash maqsadida qilinayotgan amaliy loyihalar, ulkan bunyodkorlik ishlari haqida o‘zining ijobiy e’tirofini bildirdi.

Shuningdek delegatsiya a’zolari 2023-yilda erishilgan yutuqlar hamda 2024-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar bilan ham yaqindan tanishtirildi.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA