Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qasamyod – yigitni himoyalanuvchidan himoyachiga aylantiradi (+video)
20:41 / 2025-09-01

Yurt taqdiriga daxldorlik, Vatanga fidoyilik, avvalo, qalbda paydo bo‘ladi, qasamyod esa bularning barchasini o‘zida jamlovchi ulug‘ ramzdir. Bugun O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetida kursantlar yaqinlari va keng jamoatchilik guvohligida tantanali ravishda qasamyod qilishdi.

Vatanga qasamyod kechagina paydo bo‘lib qolgan an’ana emas. Bu qanchadan-qancha sarkardalarimiz, botirlarimiz tilida yangragan va so‘nggi nafasgacha yurakda saqlanadigan muqaddas ontdir.  

O‘tkazilgan marosimda mudofaa vaziri, general-leytenant Shuhrat Xolmuhammedov kursantlar va ularning yaqinlarini yurtimizning mustaqillik bayramiga hamohang o‘tkazilgan “Vatanga qasamyod” tadbiri bilan tabrikladi.  

Shuningdek, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ota-onalar yurt osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilishga bel bog‘lagan o‘g‘lonlarga o‘zlarining samimiy tilaklarini bildirdilar.  

Iqbol Mirzo, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi:  

– Harbiy qasamyod qilayotgan kursantlar va ularning ota-onalarining qalbidagi hissiyotni, faxru g‘ururini ularning ko‘zlaridan anglab turibman. Dunyodan kasblar ko‘p, eng ulug‘i esa Vatan himoyachisi degan kasbdir. Ular o‘nlab yigitlar orasidan har tomonlama saralangan va o‘zini, kasbini shu yurt taqdiriga bog‘laganlardir. Muhim mas’uliyat esa shu kasbga munosib bo‘lish kerak. Bu yigitlar qasamyod qabul qilishi bilan himoyalanuvchidan bevosita Vatan himoyachisiga aylanadi. Oliy Bosh qo‘mondonimiz islohotlarining barchasida yurt tinch bo‘lsin, dunyo tinch bo‘lsin degan maqsadga intilmoqda. Shu ma’noda bizning armiyamiz, mudofaamizda ham Vatan osoyishtaligi uchun fidoyilarni tarbiyalashdek islohotlar olib borilayotganiga ishonchimiz komildir.  

Tadbirdan so‘ng, harbiy xizmatchilar tomonidan ko‘rgazmali qo‘l jangi va jangovar chiqishlar, konsert dasturlari namoyish etiladi.  

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/JqCW3iwpATE" title="Qasamyod — yigitni himoyalanuvchidan himoyachiga aylantiradi!" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Abdulaziz RUSTAMOV, O‘zA