Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qasamyod qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi (+video)
11:54 / 2025-11-22

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘quv-dala markazida Malaka oshirish institutining boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik o‘quv kursi tinglovchilarining qasamyod qabul qilishga bag‘ishlangan tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Ichki ishlar vazirligi mas’ul xodimlari, institut professor-o‘qituvchilari, tinglovchilarning ota-onalari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Marosim davlat madhiyasi sadolari ostida boshlandi va tinglovchilarning Vatanga sadoqat, xizmat burchiga hurmat hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga bag‘ishlangan qasamyodni bir ovozdan qabul qilishi bilan davom etdi.

Qasamyod qabul qilgan tinglovchilar uchun bu muhim bosqich bo‘lib, ularning ichki ishlar organlaridagi mas’uliyatli faoliyatiga qadam qo‘yganini anglatadi. Marosimda so‘zga chiqqanlar tinglovchilarni tabriklab, ularning Vatanimiz tinchligi va jamoat tartibini saqlashda munosib hissa qo‘shishlariga ishonch bildirdi.

Shuningdek, tadbir davomida o‘quv jarayonida yuqori natijalarga erishgan tinglovchilar tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Bu kun — faqat tinglovchilar uchungina emas, balki ota-onalar uchun ham g‘urur va iftixor qoniga to‘lgan unutilmas kundir. Farzandlari O‘zbekistonning tinchligi va xavfsizligi uchun xizmat qiladigan xodimlar safidan joy olmoqda. Ularga berilgan tarbiya va duolar bu yo‘lda muhim tayanch bo‘lib xizmat qiladi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Rb3erH7pyz0" title="Qasamyod qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Marosim yuksak ruhda, tantanali tarzda o‘tdi va tinglovchilarning ichki ishlar organlari safida halol, mas’uliyatli va sadoqatli xizmat qilishga bo‘lgan intilishini yanada mustahkamladi.

Muhayyo Turdaliyeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA