French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qarzlarni undirish nazoratda
15:04 / 2024-06-25

Nurafshon shahrida sud va boshqa organlar hujjatlarining ijro samaradorligini oshirish bo‘yicha hududiy Kengashning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Toshkent viloyati hokimligi, IIBB, Sud, Soliq, Bojxona, MIB, Adliya, Markaziy bank boshqarmasi boshliqlari hamda boshqa mutasaddi idora rahbarlari ishtirok etgan yig‘ilishda viloyat prokurori S.Eshquvvatov belgilangan ijro hujjatlarining bajarilishini o‘z vaqtida va to‘liq ta’minlash, fuqarolar va tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda yuzaga kelayotgan tizimli muammolarga to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, mas’ullarga fuqarolar va tadbirkorlarga yetkazilgan zararni qoplash uchun kompensatsiya pullarini o‘z vaqtida to‘lab berish, aliment, davlat boji va boshqa qarzdorliklarini undirish choralarini ko‘rish lozimligi ta’kidlandi.

Tahlillarga ko‘ra, Majburiy ijro byurosi Toshkent viloyati boshqarmasiga joriy yilning o‘tgan davrida 11 ming 889 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 10 ming 719 tasining qonuniy hal qilinishi ta’minlangan. Xususan, aliment undirish yuzasidan kelib tushgan murojaatlardan so‘ng undiruvchilarga 3 milliard 868 million so‘m, fuqarolarga qarz va zarar undirish yuzasidan esa 4 milliard 565 million so‘m pul mablag‘lari undirib berilgan.  

Bundan tashqari, kompensatsiya undirish bilan bog‘liq kelib tushgan 48 ta murojaat bo‘yicha 3,1 milliard so‘m pul mablag‘lari qoplangan.

Ayniqsa, joylarda o‘tayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda shak-shubhasiz kutilgan natijalarni bermoqda.

Yig‘ilishda belgilangan masalalar yuzasidan sohaga mas’ul idora rahbarlarining hisobotlari tinglanib, kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi. Joylarda nazorat tadbirlari davom etmoqda.

A.Musayev, O‘zA muxbiri